Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentabr oylari holatiga Farg‘ona viloyatida davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 305,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 5 899,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. Ularning viloyatdagi ulushi mos ravishda 4,9 % va 95,1 %ni tashkil etdi.