26/10/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentabr oylari holatiga Farg‘ona viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 62,9 %i to‘g‘ri kelib, 2021- yilning yanvar-sentabr oylariga ko‘rsatkichiga nisbatan 3,1 foizga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2021- yilning mos davriga nisbatan 104,2 %ni tashkil etgan holda 3 904,5 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

Shundan yuqori ulushga ega hududlar:
Farg‘ona shahri -1 176,7 mlrd. so‘m
Marg‘ilon shahri - 510,3 mlrd. so‘m
Qo‘qon shahri - 267,2 mlrd. so‘m
Qo‘shtepa tumani - 207,5 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.