Joriy yilning 28-oktabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi binosida Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari, Davlat tashkilotlari matbuot kotiblari, bloger va jurnalistlar ishtirokida «Farg‘ona viloyatining 2022-yil yanvar-sentabr oylari holatiga demografik ko‘rsatkichlari» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F. Yakubov hamda “Demografiya va mehnat statistikasi” bo‘limi boshlig‘i А.Soliyevlar ishtirok etdi.
Anjumanda joriy yilning 9 oyida Farg‘ona viloyatida 3 mln 594,2 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 57,8 ming kishiga o‘sgan. Shularning 2 mln 220,2 mingini shahar aholisi, 1 mln 734,0 mingini esa qishloq aholisi tashkil etadi.
Viloyatimiz aholisining 57,0 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilardan iborat bo‘lsa, salkam uchdan bir qismi ushbu yoshdan kichik, 11,9 foizi esa mehnatga layoqat yoshidan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Viloyatda har bir kvadrat kilometrga to‘g‘ri keladigan aholi soni o‘rtacha 585 kishi bo‘lib, ahol eng zich joylashgan hudud Qo‘qon shahridir (7 109,1). Yozyovonda esa aholi zichligi bir kvadrat kilometrga 286,3 kishiga to‘g‘ri kelmoqda.
Yil boshidan shu kunga qadar tug‘ilgan 74,1 ming nafar chaqaloqlarning 1 333 tasi egizaklar (2 nafar egizak).
O’lim holatlarining 60,8 foizi qon aylanish tizimi kasalliklari bilan bog‘liq, baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishdan o‘lim holatining qayd etilishi jamiga nisbatan 6,5 foizni tashkil qilgan.
Yil boshidan buyon 21 mingta nikohlar rasmiylashtirilib, 4 mingta nikohdan ajralishlar qayd qilingan.
Anjuman so‘nggida boshqarma rahbar va mas’ul xodimlari tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar ham qaytarildi.
Axborot xizmati