28/10/2022

Hammamizga ma’lum O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 14- oktabr kuni “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli qarori e’lon qilindi. Shu munosabat bilan joriy yilning 28-oktabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalari” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda  Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi Kadrlar bo‘limi boshlig‘i J.Akbarov so‘zga chiqib, Davlat fuqarolik xizmatchilari xulq-atvorining umumiy qoidalari, kasbiy madaniyatga,  xizmat faoliyatiga, xizmatdan tashqari, jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan munosabatlarga, xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinish va kiyinish uslubiga oid odob-axloq qoidalariga hamda davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga amal qilinishini ta’minlash masalalari yuzasidan slayd yordamida ma’ruza qildi. Seminar so‘nggida mavzu bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

 

photo2022-10-2815-21-10
photo2022-10-2815-21-26
photo2022-10-2815-21-21

Axborot xizmati.