28/10/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining  ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentabr oylari holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan 1 912,8 mlrd. so‘m o‘zlashtirilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida - 450,6 mlrd. so‘m xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi. Asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlarning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 137,1 %ni tashkil etdi.