28/10/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentabr oylari holatiga Farg‘ona viloyati korxonalari tomonidan 21 831,8 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, ??2021-yilning yanvar-sentabr oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 106,0% ni tashkil etdi.

Shundan:
Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash – 65,5 mlrd.so‘mni
Ishlab chiqaradigan sanoat – 20 327,6 mlrd. so‘mni
Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash – 1 268,4 mlrd.so‘mni
Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish - 170,3 mlrd.so‘mni tashkil etdi.