Joriy yi lning 28- oktabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 19-oktabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-794-son qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminarda viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti D.Teshaboyev so‘zga chiqib, JKning 168-moddasi ya’ni, firibgarlik jinoyati, ushbu jinoyatni boshqa mulkka qarshi qaratilgan jinoyatlardan farqlari, yuridik tahlili, yangi qonun bilan kiritilgan o‘zgartirishlar, firibgarlik jinoyatini o‘ziga xos jihatlari va ushbu jinoyat yuzasidan amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining 2017-yil 11-oktabr kunidagi “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 35-son qarori mazmun va mohiyati xususida qo‘z yuritdi. Bundan tashqari, mazkur qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-mayda qabul qilingan «Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi O‘RQ-386-sonli 3-moddaning to‘qqizinchi xatboshisida «tashuvchi — mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda transport vositasiga egalik qiladigan, qonunchilikka muvofiq yo‘lovchilarni hamda ularning mol-mulkini tijorat asosida tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan va buning uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yoxud ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati bo‘lgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor» sifatida tushunilishi lozimligi haqidagi fikr va mulohazalarini bayon qilib o‘tdi.
Xodimlar tomonidan berilgan savollarga viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari v.b. F.Yakubov hamda ma’ruzachi tomonidan javoblar qaytarildi.
Axborot xizmati.