09/11/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentabr oylari holatiga Farg‘ona viloyatida otlarning umumiy bosh soni 9 959 taga yetdi. 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda otlar bosh soni 571 taga, yani 6,1 % ko‘paydi.

Shundan:
Fermer xo‘jaliklari – 2 227 bosh
Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari –7 600 bosh
Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar – 132 boshga to‘g‘ri keldi.

Ot yetishtirish bo‘yicha yuqori ulushga ega hududlar:
Beshariq t. - 1 041 bosh
Bag‘dod t. – 877 bosh
Uchko‘prik t. - 859 bosh miqdorida qayd etildi.