Barcha hududlar singari Farg‘ona shahrining “Simtepa” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining “Investitsiya va qurilish statistikasi” boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari J.Saipov, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi “Investitsiya va qurilish statistikasi” bo‘limi boshlig‘i L.Yefimova, Farg‘ona shahar statistika bo‘limi intervyuyeri R.Sharopov, Kadastr palatasi mutaxassisilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida yakka tartibda qurilgan uy-joylari so‘rovnomasini o‘tkazishga bag‘ishlangan press-tur tashkil etildi. Press-turda kuzatuv o‘tkazilgan uylarning qurilishida foydalanilgan moddiy va mehnat resurslarini aniqlash, uy-joylarning tuzilish tarkibi bo‘yicha 1 metr kvadrati qiymati material, mehnat harajatlari, pardozlash ishlari xarajatlari va sanitar-texnik jihozlar xarajatlari yig‘indisini aniqlab, viloyat kesimida yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga investitsiyalarning real hajmlarini va asosiy kapitalga investitsiyalar umumiy hajmlarini hisoblashdan iboratdir ekanligi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Axborot xizmati.