Joriy yilning 10-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 27-oktabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-797- qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminarda viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti D.Teshaboyev so‘zga chiqib, o‘tkazilgan islohotlar natijasida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi tizimi tuzilmasiga bir qancha o‘zgarishlar kiritilganligi, shu jumladan ayrim rahbarlik lavozimlarining tasnifi o‘zgartirilganligi, shu munosabat bilan ichki ishlar organlari tizimidagi mazkur rahbarlarning huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida hamda jamoat xavfsizligi haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga hisobdorligini qonunchilikda belgilash zaruriyati yuzaga kelganligi haqida to‘xtalib o‘tdi. Bundan tashqari, ushbu Qonun bilan «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi, «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi, «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi va «Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek O‘zbekistonning MJtKga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganligi to‘g‘risida axborot berib o‘tdi.
Axborot xizmati.