11/11/2022

Joriy yilning 11-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistikasi to‘g‘risida”gi qonunining 14-moddasiga asosan davlat statistika organlari tomonidan foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlama so‘rovnomasi o‘tkazilishi munosabati bilan, Farg‘ona viloyatida 2022-yil yanvar-oktabr oylarida foydalanishga topshirilgan, xo‘jalik usulida qurilgan yakka tartibdagi uy-joylarda o‘rganish ishlari olib borildi. So‘rovnomada  Ucdhko‘prik tumani  statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Z.Abdurahimova hamda Davlat kadastrlar palatasi tuman bo‘limi xodimlari qatnashdi. So‘rovnoma A.Yuldashev xonadonida kuzatuv o‘tkazilib, uy-joylarning tuzilish tarkibi bo‘yicha 1 metr kvadrati qiymati material, mehnat harajatlari, pardozlash ishlari xarajatlari va sanitar-texnik jihozlar xarajatlari yig‘indisini aniqlash ishlarini olib bordilar.

 

photo2022-11-0715-57-27
photo2022-11-1110-25-22


                                                                                                       Axborot xizmati.