Joriy yilning 11-noyabr kuni Toshloq tumani statistika bo‘limi intervyuyeri A.Tursunboyev tomonidan yakka tartibda qurilgan uy-joylari so‘rovnomasi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida uylarning qurilishida foydalanilgan moddiy va mehnat resurslarini aniqlash, uy-joylarning tuzilish tarkibi bo‘yicha 1 metr kvadrati qiymati material, mehnat harajatlari, pardozlash ishlari xarajatlari va sanitar-texnik jihozlar xarajatlari yig‘indisini bilib, tuman kesimida yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga investitsiyalarning real hajmlari aniqlandi.
Axborot xizmati.