Joriy yilning 12-noyabr kuni Farg‘ona shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi R.Sharopov ishtirokida Farg‘ona shahrida 12-bozor (oylik) tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida non va non mahsulotlaridan tayyorlangan qandolat mahsulotlari, mevalar, sabzavotlar, poliz ekinlari va boshqa mahsulotlarini oy davomida o‘rtacha bir kunlik sotilgani mahsulotlar miqdorini aniqlash kabi ishlar amalga oshirildi. Aniqlangan xato va kamchiliklar yuzasidan joyida bartaraf etilish choralari ko‘rilib, kuzatuv vakili tomonidan so‘rovnomani o‘tkazish tartibi va qoidalari to‘g‘risida batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.
Axborot xizmati.