15/11/2022

Joriy yilning 14-noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan aniq reja asosida, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov, “Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi” bo‘limi boshlig‘i O‘.Sobirov hamda mazkur bo‘lim xodimlari ishtirokida onlayn seminar o‘tkazildi. Seminarda xodimlarning sohaga doir bilim va salohiyatini yanada takomillashtirish, ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasiga oid atamalar, tadbirkorlik statistikasi bo`yicha yig`ma tahliliy axborotlarni shakllantirish hamda tadbirkorlik faoliyatining tanlanma kuzatuvlarini o‘tkazish usullari bo‘yicha qo‘mita mutaxassislari tomonidan xodimlarining bilim va salohiyatini o‘rgandi.

 

photo2022-11-1512-06-23
photo2022-11-1512-06-45

                                                                            Axborot xizmati.