15/11/2022

Joriy yilning 14-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistikasi to‘g‘risida”gi qonunining 14-moddasiga asosan davlat statistika organlari tomonidan foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlama so‘rovnomasi o‘tkazilishi munosabati bilan, Farg‘ona viloyatida 2021-yil yanvar-oktabr oylarida foydalanishga topshirilgan, xo‘jalik usulida qurilgan yakka tartibdagi uy-joylarda o‘rganish ishlari olib borildi. Beshariq tumani  statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi A.Abduhamitov ishtirokida “G‘ambay” mfy “O‘rikzor” kochasi hamda “Pastgi Yangiqo‘rg‘on” mfy “Katta yo‘l” ko‘chasida joylashgan va kuzatuvga tushgan xonadon sohiblari tomonidan, uy-joylarning tuzilish tarkibi bo‘yicha 1 metr kvadrati qiymati material, mehnat xarajatlari, pardozlash ishlari xarajatlari va sanitar-texnik jihozlar xarajatlariga qancha mablag‘ sarf qilinganligi so‘rovi o‘tkazildi va o‘rganildi.

 

photo2022-11-1512-38-39
photo2022-11-1512-38-55
photo2022-11-1512-38-47
photo2022-11-1512-38-51

                                                                                                     Axborot xizmati.