15/11/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-sentabr oylari holatiga Yozyovon tumanining doimiy aholisi soni 116539 kishini tashkil etdi.

Shundan:
Ayollar soni – 57172 kishi
Erkaklar soni – 59367 kishi

Shaharda yashovchilar – 69834 kishi
Qishloqda yashovchilar – 46705 kishi

Tug‘ilish soni – 2184 kishi
O’limlar soni – 328 kishi

Nikohlar soni – 541ta
Ajrimlar soni – 101 ta

Ko‘chib kelgan – 100 kishi
Ko‘chib ketgan – 159 kishi miqdorida qayd etildi.