15/11/2022

Joriy yilning 15- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi “Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatish” boshqarmasi tomonidan hududiy boshqarmalar xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov, “Statistik registrlarni yuritish” bo‘limi boshlig‘i N.Toshqo‘ziyev va bo‘lim xodimlari ishtirok etdi. Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatishda tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan takliflar berildi. Bundan tashqari sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama va tahlil qilgan holda tizimni rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi.

 

photo2022-11-1517-09-08
photo2022-11-1517-09-18

 Axborot xizmati.