Joriy yining 16-noyabr Yozyovon tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Toshmirzayev tomonidan Yozyovon tumani chorva bozorida 12-bozor (oylik) chorva hamda parranda sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuvda mazkur bozorning bir oyda ishlagan kunlari soni, bozorda mavjud savdo joylari, bir kunlik tushum, oy davomida o‘rtacha bir kunlik sotilgan chorva mollari va parrandalari tushumi o‘rganildi. Bundan tashqari kuzatuvga mo‘ljallangan hayvonlar texnik reglamentlar va standartlarning majburiy talablariga javob beradigan sharoitlarga muvofiq ravishda saqlanishi kerakligi uqtirib o‘tildi va kuzatuvlarni o‘tkazish tartibi va qoidalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Axborot xizmati.