Joriy yining 16-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tononidan tashkil etilgan “Sanoat statistikasi” bo‘limi xodimlari ishtirokida videoaloqa orqali o‘quv seminari tashkil etildi. O‘quv seminarida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi “Sanoat statistikasi” bo‘limi boshlig‘i O‘.Umarov va bo‘lim xodimlari ishtirok etdilar. Vebinarda sanoat sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqish, sanoat hajmini tashkil etuvchi yirik, kichik, yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari va uy xo‘jaliklari bo‘yicha savol javoblar o‘tkazildi va sohaga oid ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilindi.
Axborot xizmati.