Joriy yilning 16-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Narx statistikasi” bo‘limi boshlig‘i A.Pazilov hamda Marg‘ilon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Umrzaqovalar ishtirokida Marg‘ilon shahrida «Iste’mol narxlari indeksi» oylik kuzatuvining nooziq-ovqat guruhi bo‘yicha tanlab olingan dislokatsiya obyektidagi mahsulotlarning belgilangan xususiyatlari o‘zaro mos kelayotganligi, amaldagi narxlar bilan dasturga kiritilgan narxlarning bir-biriga mosligi tekshirildi.
Bundan tashqari, narxlarni planshetlarga kiritish, real narxlarni kuzatish tartiblari bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Axborot xizmati.