16/11/2022

Joriy yilning 16-noyabr kuni  Qo‘qon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi E.Tojiddinov tomonidan  Qo‘qon shahar  chorva bozorida 12-bozor (oylik)  chorva hamda parranda sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuvda bozorda savdo qiluvchi jismoniy shaxslar, so‘rovnoma o‘tkazilgan bozorning bir oyda ishlagan kunlari soni, bozorda mavjud savdo joylari, bir kunlik tushum, oy davomida o‘rtacha bir kunlik sotilgan  chorva mollari va parrandalari tushumi o‘rganildi. Bundan tashqari Kuzatuvga tushgan jismoniy shaxslarga kuzatuvga mo‘ljallangan hayvonlar texnik reglamentlar va standartlarning majburiy talablariga javob beradigan sharoitlarga muvofiq ravishda saqlanishi kerakligi uqtirib o‘tildi va kuzatuvlarni o‘tkazish tartibi va qoidalari yuzasidan  tushuntirishlar berildi.

 

photo2022-11-1613-41-04
photo2022-11-1616-24-29
photo2022-11-1613-41-042

                                                                     Axborot xizmati.