17/11/2022

Joriy yilning 16- noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvi” boshqarmasi boshlig‘i U.Madaminov ishtirokida Oltiariq tumani “Oltiariq” MFYda mutaxassis Sh.Egamberdiyeva, Rishton tumani “Bo‘ston” MFYda mutaxassis X.Muxammadmusayev, Uchko‘prik tumani “Farovon” MFYda mutaxassis R.Vaxobov, O‘zbekiston tumani “Sho‘rsuv” MFYda mutaxassis O.Xolbekovlar o‘rganilgan uy xo‘jaliklarida nazorat tekshiruvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra, mutaxassislar xonadonlarga tanlanma ro‘yxat asosida tashrif buyurganligi, planshet orqali respondent bilan 2-3 soat davomida kuzatuv o‘tkazganligi  va mukofot pullarini to‘liq olganliklari tasdiqlandi.

 

 

photo2022-11-1709-26-52
photo2022-11-1709-26-58
photo2022-11-1709-26-38
photo2022-11-1709-26-47
photo2022-11-1709-26-33
photo2022-11-1709-26-25

                                                                             Axborot xizmati.