17/11/2022

Joriy yilning 16- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasining Axborot xavfsizligi ta’minlash hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmalari tomonidan Farg‘ona  viloyati statistika boshqarmasining “Dasturiy-texnik ta’minot va ma’lumotlarni saqlash markazi xodimlari uchun seminar tashkil etildi. “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlashda axborot xavfsizligini ta’minlashni joriy etish, sohaga so‘nggi AKTni tatbiq etish hamda xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi. Shundan so‘ng  mazkur sohasidagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, ish jarayonidagi unumdorlikni oshirish bo‘yicha savol-javoblar o‘tkazildi.

 

photo2022-11-1616-36-38-2
photo2022-11-1711-11-42
photo2022-11-1616-36-38
photo2022-11-1616-36-39

Axborot xizmati.