17/11/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentabr holatiga, Farg‘ona viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi joriy narxlarda 39 665,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 4,7 %ga o‘sdi. yalpi hududiy mahsulot deflyator indeksi 2021- yilning yanvar-sentabr oylaridagi narxlarga nisbatan 112,1 %ni tashkil qildi. O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha yalpi hududiy mahsulotning shakllanishida Farg‘ona viloyatining qo‘shgan hissasi 6,3 %ga yetdi.