Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari” bo‘limi xodimlari ishtirok etdilar. Seminar jarayonida 2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amaliyotga joriy qilish, foydalanuvchilarni statistik ma'lumotlar bilan yuqori darajada ta'minlash borasida fikr-mulohazalar almashildi. Bundan tashqari xodimlar tomonidan savollarga javob berish jarayonida yalpi ichki (hududiy) mahsulot hajmi, o‘sish sur’ati va deflyatorini hisoblash bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi.
Axborot xizmati