17/11/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentabr holatiga, Farg‘ona viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlarining yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 69,2 %ni tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 15,1 birlikni tashkil qildi. Joriy yilning 9 oyida 6,6 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,8 foizga kam demakdir.