Joriy yilning 17-noyabr kuni Bag‘ְdod tunmani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi D. Ergashboyev tomonidan Bag‘ְdod tunmani chorva bozorida 12-bozor (oylik) chorva hamda parranda sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuvda bozorda savdo qiluvchi jismoniy shaxslar, so‘rovnoma o‘tkazilgan bozorning bir oyda ishlagan kunlari soni, bozorda mavjud savdo joylari, bir kunlik tushum, oy davomida o‘rtacha bir kunlik sotilgan chorva mollari va parrandalari tushumi o‘rganildi. Kuzatuvga tushgan jismoniy shaxslarga kuzatuvga mo‘ljallangan hayvonlar standartlarning majburiy talablariga javob beradigan sharoitlarga muvofiq ravishda saqlanishi uqtirib o‘tildi va kuzatuvlarni o‘tkazish tartibi va qoidalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Axborot xizmati.