17/11/2022

Joriy yilning 17-noyabr kuni Farg‘ona viloyatida 2022-yil yanvar-oktabr oylarida foydalanishga topshirilgan, xo‘jalik usulida qurilgan yakka tartibdagi uy-joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Xususan,  Yozyovon tumani  statistika bo‘limi bosh mutaxassisi A.Xakimov tomonidan tumanga qarashli “Do‘stlik” MFY  kuzatuvga tushgan xonadon sohibi bilan so‘rovnoma o‘tkazildi. Unga ko‘ra uy-joylarning tuzilish tarkibi bo‘yicha 1 metr kvadrati qiymati material, mehnat harajatlari, pardozlash ishlari xarajatlari va sanitar-texnik jihozlar xarajatlari yig‘indisini aniqlash ishlari olib borildi.

 

photo2022-11-1717-29-53
photo2022-11-1717-29-58


                                                                                                       Axborot xizmati.