18/11/2022

Avval xabar berganimizdek Farg‘ona viloyatida o‘rganilgan uy xo‘jaliklarida nazorat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Joriy yilning 17- noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvi” boshqarmasi boshlig‘i U.Madaminov ishtirokida Marg‘ilon shahar “Guliston” MFYda mutaxassis U.Turg‘unova, Toshloq tumani “Konizar” MFYda mutaxassis M.Xojibolayeva, Qo‘shtepa tumani “G‘ishtmon” MFYda mutaxassis N.Qodirova, Farg‘ona shahar “Muruvvat” MFYda mutaxassis D.Ortiqovlar tomonidan o‘rganilgan uy xo‘jaliklarida nazorat tekshiruvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra, mutaxassislar xonadonlarga tanlanma ro‘yxat asosida tashrif buyurganligi, planshet orqali respondent bilan 2-3 soat davomida kuzatuv o‘tkazganligi  va mukofot pullarini to‘liq olganliklari tasdiqlandi.

 

photo2022-11-1809-54-18
photo2022-11-1809-54-08
photo2022-11-1809-55-04
photo2022-11-1809-54-29
photo2022-11-1809-54-57

                                                                              Axborot xizmati.