18/11/2022

Biz uchun vatanimizning muqaddas ramzi – Davlat bayrog‘i aziz. U ma’naviyatning eng muhim timsolidir. Shu bois, bayrog‘imizga nazar solganimizda biz ruhan jo‘shqinlikni, azmu shijoatimiz oshganini, qalbimizda g‘urur va buyuk istiqbolga ishonch tuyg‘usini his etamiz. О‘zida butun O‘zbekiston xalqining asriy orzu-istaklarini, g‘ayrati va shijoatini, ajdodlar yodi hamda millat g‘ururini mujassam etgan bayrog‘imiz sayyoramizdagi barcha mamlakatlarning davlat ramzlari orasida alohida hurmat va ehtiromga sazovordir.

Davlatimiz bayrog‘i tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz timsoli. Bayrog‘imizning balandligi yurtimizning obro‘-nufuzi yuksakligidan dalolat beradi. Shunday ekan, sarbaland qaddimiz va qadrimiz timsolini hamisha e’zozlaylik va boshimiz uzra baland ko‘taraylik!

 

photo2022-11-2109-04-56