Joriy yilning 17-noyabr kuni Toshloq tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi A.Xojimatov tomonidan Toshloq tumani dehqon bozorida 12-bozor (oylik) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuvda bozorda savdo qiluvchi jismoniy shaxslar, so‘rovnoma o‘tkazilgan bozorning bir oyda ishlagan kunlari soni, bozorda mavjud savdo joylari, bir kunlik tushum, oy davomida o‘rtacha bir kunlik sotilgan mahsulotlar tushumi o‘rganildi. Bundan tashqari aniqlangan xato va kamchiliklar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Axborot xizmati.