18/11/2022

Joriy yilning 17- noyabr kuni Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuvda Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.V.Yakubov, tuman statistika bo‘limi mutaxassisi Z.Abdurahimova hamda tuman kadastr bo‘limi mutaxassisi A.Abdurazzoqov ishtirok etdilar.

Tanlanma kuzatuvidan maqsad, ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni olishdan iboratdir. O‘z navbatida ushbu kuzatuv natijalari asosida haqqoniy statistik ma’lumotlar shakllantiriladi.

Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tomonidan hududda kuzatuvlarni o‘tkazuvchi xodimlarga ishni o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish hamda yakunlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

 

photo2022-11-1809-28-14
photo2022-11-1809-28-30
photo2022-11-1809-28-25
photo2022-11-1809-28-19

Axborot xizmati