18/11/2022

Joriy yilning 18-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31-yilligi munosabati bilan  “Vatanimiz bayrog‘i – faxrimiz, g‘ururimiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.  Tadbirda viloyat statistika boshqarmasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimi Z.Qodirov so‘zga chiqib,  “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun 1991-yil 18-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilinganligi, Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatishi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiganligi haqida so‘z yuritdi. Bundan tashqari  notiq Davlat bayrog‘imiz ranglari haqida so‘zini davom ettirar ekan, u xususan,  moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot, yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqat timsolida aks ettirilganligi,  Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda bo‘lganligi, bayroqdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, u kun charog‘onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg‘unlashib ketganligi va  poklik, beg‘uborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilishning timsolidir. Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzidir. U ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi. Qizil chiziqlar – vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatishi hamda navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq ekanligi, bayrog‘imizdagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqado ekanligi haqida batafsil ma’lumot berdi.

 

photo2022-11-1816-39-27
photo2022-11-1816-40-21
photo2022-11-1816-40-08
photo2022-11-1816-39-29

Axborot xizmati.