21/11/2022

Joriy yilning 18-noyabr kuni  Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida  O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabr kunidagi “Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-798-son qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hisobot taqdim etish va arxiv hujjatlarini saqlash tartib-taomillarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-419-son qarorlarining  mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan seminar ntashkil etildi.

Seminarda viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti D. Teshaboyev so‘zga chiqib, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi 2 qism, 7 bo‘lim, 34 bob, 581 moddadan  iboratligi, xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarining muvozanatini ta’minlash hamda ularni muvofiqlashtirish asosida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdan iboratligi haqida ma’ruza qildi. Bundan tashqari  xodimlar mehnat huquqlari va erkinliklarining, shu jumladan mehnat qilishga, erkin ish tanlashga, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlariga hamda ishsizlikdan himoyalanishga bo‘lgan huquqining davlat kafolatlarini belgilash, ish beruvchilarning kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va samarali mehnat jarayonini tashkil etish sohasidagi huquqlari amalga oshirilishini ta’minlash, mehnat sohasida ijtimoiy sheriklikni rag‘batlantirish va rivojlantirish, xodimlar va ish beruvchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, mehnat bozorining samarali faoliyat ko‘rsatishiga ko‘maklashish kabi Kodeksining asosiy vazifalari haqida bartafsil to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng, kun tartibdagi  ikkinchi masala yuzasidan o‘z so‘zini davom ettirara ekan u  xususan,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hisobot taqdim etish va arxiv hujjatlarini saqlash tartib-taomillarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-419-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida davlat arxiviga topshirish bekor qilinayotgan arxiv hujjatlarining davlat soliq xizmati va statistika organlari ma’lumotlari asosida shakllantirilishini ta’minlashi shartligi belgilab qo‘yildi. Qarorning 8-bandiga ko‘ra, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, “O‘                           zarxiv” agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritishi belgilanganligini ta’kidlab, o‘z ma’ruzasini yakunladi.

 

photo2022-11-2109-30-20
photo2022-11-2114-56-31
photo2022-11-2115-44-46

 

Axborot xizmati.