21/11/2022

Joriy yilning 18-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Narx statistikasi” bo‘limi yetakchi mutaxassisi O.Hamrakulova hamda Farg‘ona shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi I.No‘monovalar ishtirokida Farg‘ona shahrida «Iste’mol narxlari indeksi» oylik kuzatuvining oziq-ovqat guruhi bo‘yicha tanlab olingan dislokatsiya obyektidagi mahsulotning belgilangan xususiyatlari o‘zaro mos kelayotganligi, amaldagi narxlar bilan dasturga kiritilgan narxlarning bir-biriga mosligi tekshirildi.

 Bundan tashqari, narxlarni planshetlarga kiritish, real narxlarni kuzatish, kuzatuv o‘tkazish vaqtlari, tartiblari bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

 

photo2022-11-2116-16-38
photo2022-11-2116-16-49
photo2022-11-2116-16-44

Axborot xizmati.