22/11/2022

Joriy yilning 22-noyabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasida navbatdan tashqari huquqiy targ‘ibot bo‘yicha o‘quv seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. O‘quv seminar mashg‘ulotida, viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti D. Teshaboyev hamda viloyat statistika boshqarmasi “Buxgalteriya hisobi va moliyaviy ishlar bo‘limi” boshlig‘i U.Sobirovlar 2021-yil 22-aprel kunidagi O‘zbekiston Respublikasining “DAVLAT XARIDLARI TO‘G‘RISIDA” gi qonuni O‘RQ-684 hamda ushbu Qonundan kelib chiqib, 2022-yil 20-may kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi qarorining mazmun- mohiyati tayyorlangan slayd yordamida tushuntirib berildi. Bundan tashqari, qonunchilik hujjatlaridagi qo‘llanilgan atamalar sodda tilda izohlab berildi hamda ishtirokchilar tomonidan tushgan savollarga ma’ruzachilar tomonidan aniq javoblar qaytarildi. Seminar savol-javoblar va munozaralarga boy, ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

 

photo2022-11-2216-02-36
photo2022-11-2216-24-42
photo2022-11-2216-02-59
photo2022-11-2216-02-46

 Axborot xizmati.