Avval xabar berganimizdek, viloyatimizning barcha hududlarida jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibda qurilgan va foydalanishga topshirilgan uy-joylarning tanlanma kuzatuvlari o‘tkazilmoqda. Xuddi mana shunday tadbir Furqat tumaniga qarashli “Mustaqillik”, “Chilgijiyda”, “Ko‘k-do‘pi”, “Bekzod” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan va kuzatuvga tushgan xonadon sohiblaridan so‘rovnoma o‘tkazish davrida ishga tushirilgan uy-joyning umumiy maydoni (m2), yollanma ishchilar soni, ishlagan kunlar soni, uy-joy hamda hovlidagi qo‘shimcha xo‘jalik qurilishlarida foydalanilgan qurilish materiallarining miqdori kabi ma’lumotlar planshet qurilmalariga kiritildi va shakllantirildi.
Axborot xizmati.