Joriy yilning 23-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 02-noyabr kunidagi “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi O‘RQ-799 qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan seminar ntashkil etildi.
Seminarda viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti D. Teshaboyev so‘zga chiqib, mazkur qonun bilan geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirishda mahalliy aholining fikrini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan hisobga olinishi belgilanligi, qonunda fuqarolarga aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risida takliflar kiritish vakolatini belgilashga qaratilgan, shuningdek tarkibida tumanlar mavjud bo‘lgan shaharlarda aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish tumanlar hokimlari kiritgan takliflarga asosan xalq deputatlari shaharlar Kengashlari tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilganligi, shu bilan birga aholi punktlarining tarkibiy qismlariga O‘zbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ism-sharifini berish ularning vafotidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida hamda qoida tariqasida, nomlari mavjud bo‘lmagan obyektlarga nisbatan amalga oshirilishi belgilanligi haqida ma’ruza qildi. Bundan tashqari qonun geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish tizimini yanada takomillashtirish, ushbu jarayonda fuqarolar ishtirokining huquqiy asoslarini yaratish, O‘zbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning nomlarini abadiylashtirish maqsadida aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish mexanizmlarini aniqlashtirish uchun xizmat qilishi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
Axborot xizmati.