23/11/2022

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022- yil 15-noyabr kunidagi hamda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining 2022- yil 18-noyabr kunidagi tegishli buyruqlarining ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 23-noyabr kuni Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida joylashgan “Vodil” chegara bojxona postida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan statistik kuzatuvlari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasi orqali avtomobil yo‘llarini o‘tkazish punktlarida kiruvchi jismoniy shaxslar tomonidan uyushmagan tovarlarni olib kirishni o‘rganish bo‘yicha tanlanma kuzatuv savolnomasini o‘tkazishda fuqarolar bilan erkin va ixtiyoriylik tamoyili asosida amalga oshirildi.

Bundan tashqari, kuzatuvda qatnashgan fuqarolarga suhbat davomida olingan ma’lumotlar faqatgina statistik maqsadlarda foydalanish nazarda tutilganligi alohida tushuntirildi. Ishchi guruh tomonidan statistik kuzatuv tadbirlari davom etmoqda.

 

photo2022-11-2316-21-14
photo2022-11-2316-21-34
photo2022-11-2316-21-29
photo2022-11-2316-21-24

Axborot xizmati.