Avval xabar berganimizdek, respublikamizning barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida joylardagi mahalla fuqarolar yig‘inlarining kartografik xaritalarni yangilash ishlari amalga oshirilmoqda. Farg‘ona viloyati ham bundan mustasno emas. Chunonchi, bugungi kundan Marg‘ilon, Quvasoy shaharlari hamda O‘zbekiston tumani “Ro‘yxatga olish” bolimi xodimlari hamda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Mamadaliyev o‘zgartirish kiritilgan va qayta chop etilgan sxematik xaritalarning sifati va mukammaligini ko‘zdan kechirib, qabul qilib olinmoqda.
Axborot xizmati.