18/11/2022

Joriy yilning 18- noyabr kuniFarg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

           Seminarda viloyat statistika boshqarmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i J.Akbarov so‘zga chiqib,  yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi 2 qism, 7 bo‘lim, 34 bob, 581 moddadan iboratligi, xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarining muvozanatini ta’minlash hamda ularni muvofiqlashtirish asosida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdan iboratligi haqida ma’ruza qildi. 

Bundan tashqari xodimlar mehnat huquqlari va erkinliklarining, shu jumladan mehnat qilishga, erkin ish tanlashga, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlariga hamda ishsizlikdan himoyalanishga bo‘lgan huquqining davlat kafolatlarini belgilash, ish beruvchilarning kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va samarali mehnat jarayonini tashkil etish sohasidagi huquqlari amalga oshirilishini ta’minlash, mehnat sohasida ijtimoiy sheriklikni rag‘batlantirish va rivojlantirish, xodimlar va ish beruvchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, mehnat bozorining samarali faoliyat ko‘rsatishiga ko‘maklashish kabi Kodeksining asosiy vazifalari haqida bartafsil to‘xtalib o‘tdi.

 

4ae099bb03fd5d3c5e2a2
a2afbe7b569479f73c1c0
202f05e01a2e6ff339247
42d41359e84a64e8e64c9

                                                                                                                                          Axborot xizmati.