Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar- oktabr oylari holatiga viloyat bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 967,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Qurilish ishlari 2021- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan 137,5 %ni tashkil etib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2021- yilning mos davridagi ko‘rsatkich darajasidan 3,0 % punktga ko‘payib, 14,3 %ni tashkil etdi.
Shundan eng ko‘p ulushga ega bo‘lgan hudud:
Marg‘ilon shahar– 32,7 %
Farg‘ona shahar – 28,4 %
Dang‘ara tumani – 13,9 %ni tashkil etdi.