Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-oktabr oylari holatiga Farg‘ona viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 63,6 %i to‘g‘ri kelib, 2021- yilning yanvar-oktabr oylariga ko‘rsatkichiga nisbatan 3,0 foizga kamaydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2021- yilning mos davriga nisbatan 104,4 %ni tashkil etgan holda 4 315,2 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.
Shundan yuqori ulushga ega hududlar:
Farg‘ona shahri - 1 362,3 mlrd. so‘m
Marg‘ilon shahri - 524,8 mlrd. so‘m
Qo‘qon shahri – 317, 2mlrd. so‘m
Qo‘shtepa tumani – 210,0 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.