25/11/2022

Joriy yilning 25-noyabr kuni viloyat statistika boshqarmasining tarmoq  hamda shahar, tuman statistika bo‘limlarining ijro intizomiga mas’ul xodimlari uchun edo.ijro.uz ijro intizomi idoralararo himoyalangan yagona elektron tizimi bilan ishlash bo‘yicha o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

  Seminarda ishtirok etgan “UNICON-SOFT” MCHJ ning viloyat hududiy bo‘limi boshlig‘i  N.Djurayev mazkur elektron tizim bilan ishlash mohiyatini tushuntirib, kiruvchi va chiruvchi hujjatlarni ro‘yxatga olish, yuritish, hujjatlarni elektron imzolash kabi ko‘nikmalar bilan yig‘ilish qatnashchilariga atroflicha tanishtirib o‘tdi.

Seminar mashg‘uloti amaliy tarzda davom etib, ishtirokchilarning barcha savollariga to‘laqonli javoblar qaytarildi.

 

 

photo2022-11-2514-14-50
photo2022-11-2515-28-31
photo2022-11-2514-15-02

 Axborot xizmati.