25/11/2022

Joriy yilning 24-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi” bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi “Fermer xo‘jaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash va ularga bank xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3824-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan “Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari”  hisobchilariga 2-fx shakli yilda 2 marta (1 iyul va 1 yanvar holatiga) hamda 1-fx shakli yillik “Fermer xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida hisobot”ini belgilangan muddatlarida hamda hato va kamchiliklarsiz taqdim etishlari yuzasidan seminar tashkil etildi. Viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasida bo‘lib o‘tgan seminarda tegishli idora va tashkilotlar vakillari ham qatnashib o‘zaro savol-javob tarzida o‘tkazildi.

 

photo2022-11-2516-03-12
photo2022-11-2516-03-03
photo2022-11-2516-03-07

Axborot xizmati