Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil 1-noyabr holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi 19 905,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 110,3 %ni tashkil etdi.
Shu jumladan:
Yirik korxonalarning tovar aylanmasi - 2 245,6 mlrd. so‘mni
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi - 17 659,7 mlrd. so‘mni
shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi - 1 397,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.