Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-oktabr oylari holatiga viloyat bo‘yicha import tarkibida sanoat tovarlari hajmi 239,7 million AQSH dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 42,5 % ga koʻpaydi va importning umumiy hajmidagi ulushi 23,2 % ga yetdi.
Shundan:
Choʻyan yoki legirlanmagan poʻlat – 91,4 mln.
Metallardan tayyorlangan buyumlar -27,3 mln.
Toʻqimachilik yigirilgan ipi, matolar, tayyor buyumlar – 42,9 mln.
Probka va daraxtlardan tayyorlangan buyumlar -18,2mln. AQSh dollariga to‘g‘ri kelgan.
Sanoat mahsulotlarining asosiy import bozorlari:
Xitoy Xalq Respublikasi – 85,1 mln.
Rossiya Federatsiyasi – 84,8 mln.
Qozog‘iston – 12,0 mln.
Syangan(Gonkong) - 11,1 mln.
Tojikiston – 9,4 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.