29/11/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-oktabr oylari holatiga viloyat bo‘yicha 338,1 mln. AQSh dollarlik toʻqimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 48,1 %ni tashkil etdi va oʻtgan yilga nisbatan 2,0 %ga oʻsdi.

Shundan:
Paxtadan yigirilgan ip – 255,6
Tayyor trikotaj va tikuvchilik kiyimlari –32,3
Gilamlar – 2,0
Naqshli mato – 11,8
Boshqa to‘qimachilik mahsuloti – 7,0
Paxtadan gazlamalar – 18,6
Ipak va ipak mahsulotlari – 5,3
Paxta mahsulotlari – 4,2
Boshqalar – 1,3 mln.AQSH dollarini tashkil etdi.

To‘qimachilik mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari:
Rossiya Federatsiyasi – 101,7
Turkiya – 73,5
Xitoy Xalq Respublikasi – 48,1
Polsha – 25,4
Eron – 20,2
Misr – 13,3
Qirg‘iziston –11,3 mln.AQSH dollarini tashkil etdi.