02/12/2022

Joriy yilning 2-dekabr kuni  Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-noyabr kungi “Statistika ma’lumotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 672-son qarorining  mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan seminar tashkil etildi.

Seminarda viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti D. Teshaboyev so‘zga chiqib, mazkur qaror bilan statistika ma’lumotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamyenti tasdiqlandi. Ushbu Reglament davlat xizmatlari markazlari va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan statistika ma’lumotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilanganligi, Davlat xizmatini ko‘rsatish murojaatchi talabiga asosan O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy holatini aks ettiruvchi rasmiy statistika sohasidagi statistika dasturlariga muvofiq tayyorlanadigan yig‘ma statistika ma’lumotlarini taqdim etish shaklida amalga oshirilishi haqida ma’ruza qildi.

Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachi tomonidan javoblar qaytarildi.

 

 

photo2022-12-0209-14-15
photo2022-12-0210-34-51
photo2022-12-0211-25-56

Axborot bxizmati.