O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 30 yillligi munosabati bilan jamiyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotining turli sohalarida faoliyat olib borayotgan bir qator rahbar, mas'ul xodim, ishchi-xizmatchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi Farmoni bilan ta'sis etilgan "O‘zbekiston Konstitusiyasining 30 yilligi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Shularning qatorida hamkasblarimiz – Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Qurilish va investitsiya statistikasi” bo‘limi boshlig‘i L.Yefimova, “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov, boshqarma bosh yuriskonsulti D.Teshaboyevlar borligi bizni quvontirdi.
Shu fursatdan foydalanib barcha yurtdoshlarimizni asosiy qonunimiz qabul qilinganining 30 yilligi bayrami munosabati bilan muborakbod etamiz.
Axborot xizmati